08:50 / 19.08.2023
6290

Hindiston mamlakatning eng yirik aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat berdi

Hindiston fuqaro aviatsiyasi bosh direksiyasi (Directorate General of Civil Aviation - DGCA) mamlakatning eng yirik aviatashuvchilaridan biri - IndiGo kompaniyasining Dehlidan Toshkentga parvozlarni amalga oshirishiga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Foto: PTI

Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi IndiGo’ning 31-xalqaro yo‘nalishi bo‘ladi. Aviakompaniya samolyotlari ikki yirik shahar o‘rtasida haftasiga to‘rt marta parvoz qiladi.

IndiGo kompaniyasi tomonidan Dehli va Toshkent o‘rtasida parvozlar yo‘lga qo‘yilayotgani haqidagi xabar Hindiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. Jumladan, Press Trust of India axborot agentligi InterGloble Aviation’ga tegishli aviakompaniya 22 sentabrdan Dehli va Toshkent o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqidagi tezkor yangilikni tarqatdi.

Yaqinda «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan IndiGo aviakompaniyasiga Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha A-320NEO va A-321 NEO samolyotlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Top