Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga o‘qish maqsadida asosan qaysi davlat fuqarolari kelayotgani ma’lum bo‘ldi
2024 yilning yanvar-aprel oylarida 6,4 ming xorijlik o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni bo‘yicha Hindiston yetakchilik qilmoqda — 2090 nafar kishi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Turkmaniston — 1627 nafar;
- Tojikiston — 758 nafar;
- Qirg‘iziston — 317 nafar;
- Janubiy Koreya — 249 nafar;
- Xitoy — 242 nafar;
- Pokiston — 237 nafar;
- Afg‘oniston — 132 nafar;
- AQSh — 118 nafar;
- Qozog‘iston — 102 nafar;
- boshqa davlatlar — 535 nafar.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
09:16 / 29.05.2026