O‘zbekiston va ICAO strategik harakatlar rejasini imzoladi
"O‘zaviatsiya" agentligi va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) o‘rtasida O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024–2026 yillar uchun mo‘ljallangan Davlat strategik harakatlar rejasi imzolandi.
O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, "O‘zaviatsiya" agentligi direktori Tohir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya 2024 yil 18 iyun kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024-2026 yillar uchun mo‘ljallangan davlat strategik harakatlar rejasining amalga oshirilishi bo‘yicha kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024–2026 yillar uchun mo‘ljallangan Davlat strategik harakatlar rejasi (COSPA) imzolandi.
Rejaning amalga oshirilishi Fransiya aviatsiya ma’muriyati (DGCA), Fransiyaning aviatsiya hodisalarini tekshirish va parvozlar xavfsizligini tahlil qilish Byurosi (BEA), AQSh aviatsiya ma’muriyati (FAA), AQShning transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha milliy kengashi (NsB) hamda ACI/ACI-Europe, AIRBUS va Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi.
O‘zbekiston ICAO’ga a’zo davlatlar ichida COSPA dasturidan foydalanayotgan birinchi davlat hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
Jahon | 23:41 / 22.01.2025
-
AQSh janubida qor bo‘ronlari sabab birinchi marta favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 23:19 / 22.01.2025
-
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Mavzuga oid
12:37 / 14.12.2024
Fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng yirik halokatlar
12:22 / 08.12.2024
Ikki xil munosabat ostida qolgan aviaspotterlar: ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va muammolar
20:59 / 26.11.2024
Prezidentga transport sohasidagi transformatsiya jarayonlari taqdim etildi
12:17 / 18.11.2024