14:16 / 21.08.2023
3851

Misrdan gepatit S virusiga qarshi dorining navbatdagi partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi

Misr O‘zbekiston uchun «Daklatasvir» dori vositasining navbatdagi, o‘n to‘rtinchi partiyasini ajratdi.

Foto: Dunyo AA

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida berilgan gepatit S virusiga qarshi «Daklatasvir» preparatining o‘n to‘rtinchi partiyasini Sharm-ash-Shayxdan Toshkentga yetkazdi.

1280 dona «Daklatasvir - 60 mg» preparati (jami 80 quti) O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida davolanib chiqqan bemorlarga tarqatiladi.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev gepatit S bilan kasallangan bemorlar davlat hisobidan davolanishini aytgan edi.

Qayd qilinishicha, Misr gepatit V va S viruslariga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishgan. Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi bu kasallikdan to‘liq xalos bo‘lgan va misrlik olimlar o‘zbek mutaxassislari bilan tajriba almashishga tayyor.

Top