Özbekiston elçixonasi ma’lumotiga köra, uçraşuv çoğida Misrda özbek kompaniyalari mahsulotlarining distribyutorlik markazi va savdo uyini oçiş böyiça bitimni imzolandi.
Uşbu bitim Özbekiston Savdo sanoat palatasi va Misrning "Al-Nasr eksport-import" kompaniyasi rahbarlari tomonidan imzolandi.
Kelişuv Özbekiston va Misr örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlaş hamda işbilarmonlar hamkorligini kengaytirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, muloqot çoğida Özbekiston va Misr örtasida özbek tovarlari uçun bir yoki bir neçta savdo uylarini oçiş, Misrda har ikki tomon uçun maqbul bölgan şartlarda distribyutorlik markazi va işlab çiqariş kooperatsiyasini taşkil etiş orqali özaro savdoni rivojlantiriş böyiça kelişib olindi.
Uşbu savdo va distribyutorlik markazlari orqali Yevropa, Yaqin Şarq va Afrika mamlakatlariga respublikada işlab çiqarilgan mahsulotlarni eksport qiliş rejalaştirilmoqda.








