"Dunyo" xabariga köra, tadbirda Misr Oliy madaniyat kengaşi boş kotibi Hişam Azmiy, Misr milliy tarjima markazi rahbarlari, adabiyotşunoslar, tarjimonlar, universitet professorlari, uşbu davlatda tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar, mahalliy OAV vakillari va boşqalar iştirok etdi.

Tadbirni mamlakatimiz elçisi Mansurbek Qiliçev oçib berdi. Elçi öz nutqida özbek adabiyotining buyuk namoyandalari, ularning betakror asarlari haqida sözlar ekan, 20 asr boşiga kelib özbek adabiyotida Abdulla Qodiriy tomonidan yangi sahifa oçilganini ta’kidladi.

Asar tarjimoni Ayn-Şams va Luksor universitetlari professori Muhammad al-Jibali öz ma’ruzasida roman va unda keltirilgan özbek xalqi madaniyati, urf odatlari, uning tarbiyaviy-axloqiy jihatlari, şuningdek, buyuk asarning taqiqqa uçraşi hamda muallifning ayançli taqdiri haqida batafsil aytib ötdi.

"Özbekistonning Misrdagi elçixonasi kömagida oradan 100 yil ötib, uşbu roman ilk marotaba arab dunyosi öquvçilariga "Ötkan kunlar: Turkistondagi aççiq sevgi qissasi" nomi ostida taqdim etilişi buyuk yozuvçining 130 yilligiga munosib tuhfa böldi. Özbek xalqi uçun qadrdon bölgan uşbu asarni arab tiliga tarjima qilganimdan xursandman. Uşbu yönalişdagi sa’y-harakatlar davom ettirişga ham tayyorman", dedi tarjimon.

Mazkur asarning arab tiliga tarjimasi Google Books platformasiga bepul joylaştirildi, şuningdek, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, Toşkentdagi Abdulla Qodiriy uy muzeyi, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Saudiya Arabistoni, BAA, Ummon, Qatar, Iordaniya, Jazoir, Kuvaytning Toşkentdagi elçixonalari orqali uşbu davlatlardagi yirik oliygoh va kutubxonalarga yetkazildi.