Jamiyat | 17:00 / 24.08.2023
13499
3 daqiqa o‘qiladi

PRIZMA do‘koni yangi imkoniyatlar bilan qayta ochildi

Foto: PRIZMA

Joriy yilning 16 avgust kuni, poytaxtimizda 2 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan PRIZMA do‘konining yangilangan formatdagi rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. PRIZMA do‘konida oldin asosan maishiy texnika va elektronika mahsulotlari sotuvda bo‘lgan bo‘lsa, endilikda do‘kon rastalaridagi mahsulotlar orasiga barcha turdagi mebellar, santexnika mahsulotlari, avtomobil ehtiyot qismlari kabi mahsulotlar ham qo‘shilib, jami assortiment 7000 dan ortdi.

Xaridorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, do‘konda mahsulotlarni boshlang‘ich to‘lovsiz 12 oygacha muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyati joriy etilgan. Bundan tashqari, budjet tashkiloti ishchilari va nafaqadagi shaxslar birgina pasportning o‘zi bilan muddatli to‘lov shartnomasini tuzib, 15 daqiqada mahsulot xarid qilish imkoniyatiga ega.

Ochilish marosimi konsert dasturining mehmoni – o‘z ijodi bilan keng tanilgan “Ko’k choy” guruhi ham barchaga a’lo kayfiyat ulashdi va bayramona muhitni yaratdi. Shu kuni iyul oyida o‘tkazilgan “Omadli xaridlar oyi” aksiyasi doirasida aksiya g‘oliblari ham barcha tadbir ishtirokchilari guvohligida aniqlandi.

Hozirgi kunda PRIZMA do‘koni dam olish kunisiz, har kuni mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Do‘kondagi malakali sotuvchi maslahatchilar kelgan mijozning ehtiyojini aniqlab, ularga kerakli mahsulotni tanlashda ko‘maklashmoqda. Xarid qilingan mahsulotlarni yetkazib berish do‘kon tomonidan bepul amalga oshiriladi.

Siz ham PRIZMA do‘koniga tashrif buyurib keng assortimentdagi tovarlar bilan tanishib, o‘zingiz anchadan beri olishni niyat qilib yurgan mahsulotingizni qulay shartlar asosida muddatli to‘lovga bu yerdan xarid qilishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 120/2 uy

Mo‘ljal: Tsiolkovskiy chorrahasi

Ma’lumot markazi: +998555002222

Reklama

Mavzuga oid