07:23 / 01.09.2023
2532

«Toshkent» xalqaro moliya markazi loyihasi ishlab chiqildi

Foto: Dunyo

Toshkentda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi oraliq majlisi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 29 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining (XIK) navbatdagi oraliq majlisi bo‘lib o‘tdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, unda yetakchi xorijiy investitsiya kompaniyalari, diplomatik missiyalar, vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro moliya institutlarining jami 150 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish bo‘yicha ishlar faollashgani va bu ham jahon standartlari va xalqaro hamkorlik etikasiga sodiqlikning ramzi ekanligi qayd etildi. 

Sessiya davomida «Investitsiyalar to‘g‘risida»gi qonunning amaliy jihatlari, soliq ma’murchiligidagi ijobiy yangiliklar, investorlar bilan ishlash bo‘yicha «Yagona elektron darcha» platformasini joriy etish masalalari muhokama qilindi hamda «Toshkent» xalqaro moliya markazi loyihasi taqdim etildi.

Tadbir yakunida O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha tizimli takliflarni o‘z ichiga olgan Investorlar kengashining oraliq majlisi bayonnomasi imzolandi. Bundan tashqari, milliy qonunchilikni takomillashtirishda texnik va maslahat yordamini ko‘rsatishga qaratilgan Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim qabul qilindi.

Mavzuga oid
Top