Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Toshkent bosh rejasi yaqin 1-2 oyda qabul qilinmaydi” – Kozim To‘laganov
Qurilish vazirligi rasmiyciga ko‘ra, hukumatga muhokamaga kiritilgan Toshkent shahrining bosh rejasi bo‘yicha jarayonlar oxirlab qolgan. “Men yaqin davrlarda, 1-2 oyda e’lon qilinadi deb aytolmayman, lekin qisqa muddat ichida Toshkent shahrining “genplani” tasdiqlanib, ishga qo‘yiladi”, – deydi Qurilishda nazorat inspeksiyasi boshlig‘i.

Foto: Kun.uz
11 iyun kuni Qurilish vazirligi mas’ullari bilan o‘tgan matbuot anjumanida Toshkentning bosh rejasi qachon qabul qilinishiga oid savolga javob berildi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Kozim To‘laganovning aytishicha, bosh reja hanuz Vazirlar Mahkamasida muhokamada turibdi.
“Oxirgi davrda qilinganda 1997 yilda o‘zim bosh bo‘lganman. 25 yilga tuzilgan [bosh reja] bugungacha ishlab turibdi, hozir prezidentning topshirig‘iga 2 yil bo‘ldi, [hozirgi bosh rejani tuzishga] juda ko‘p mutaxassislar chaqirilgan, Toshkent shahrining yangi bosh rejasi deyarli oxiriga yetdi. Ba’zi yo‘nalishlarda bu bo‘yicha oxirgi ishlar davom etmoqda. Men yaqin davrlarda, 1-2 oyda e’lon qilinadi deb aytolmayman, lekin qisqa muddat ichida Toshkent shahrining “genplan”i tasdiqlanib, ishga qo‘yiladi. Yaqin kunlarda e’lon qilinadi. Qayerda nima bo‘lishi – deyarli hamma narsa inobatga olingan”, – dedi u.
Shuningdek, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi arxitektori
Shavkat Do‘stmuhammedov nima sabab bosh rejaning tasdiqlanishi surilayotganiga izoh berarkan, unga yangi tushunchalar kiritilganini aytib o‘tdi.
“UMN, QMN, ya’ni bular umumiy maydoni va qurilish maydoniga nisbatan qurilishlarni [nazarda tutadi]. Toshkent shahrining butun konsepsiyasi ishlab chiqilgan, bu albatta, yangi Toshkentni ham o‘ziga qamrab olib, uyg‘unlashtirilgan majmua, shahar qilib ishlangan.
Haqiqatan aytganingizdek, bu 2018 yilda tasdiqlanishi kerak edi. Bu narsa “ToshkentboshplanLITi” tomonidan ishlab chiqilgan, shahar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan, tasdiqlangan. Hujjatni tasdiqlash uchun yana yuqori tashkilotga berilgandi. Lekin u tasdiqlanmadi, shundan keyin uni boshqatdan ishlab chiqish boshlandi. Bunda yangi reja butun boshli boshqa davlatlarning strategiyalari bo‘yicha, umuman boshqa qarash bilan ishlab chiqildi, yangi tushunchalar kiritildi. Zamonga qarab ishlaydigan hujjat ishlab chiqildi, hozirga kelib bu tasdiqlashda turibdi”, – dedi Do‘stmuhammedov.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 17 avgustda qabul qilingan prezidentning tegishli farmoni bilan Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun xalqaro tanlov e’lon qilinishi kerak edi.
“ToshkentboshplanLITi” bosh loyiha instituti direktorining o‘rinbosari Sherzod Ziyayev Kun.uz'ga bergan intervyusida shu vaqtdan beri “genplan”ni ishlab chiqish masalasi “bo‘tqa”ga aylanganini aytgandi. Shuningdek, u hujjat jamoatchilikka ham e’lon qilinishi, shundan so‘ng qabul qilinishini ta’kidlagan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:04
-
Hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 09:01
-
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ekologik texnologiya asosida molibdenni qayta ishlamoqda
O‘zbekiston | 09:00
-
XJSdan Siluanov va Nabiullinani hibsga olish uchun order berish so‘raldi
Jahon | 08:41
Mavzuga oid

09:04
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi

23:57 / 17.07.2025
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

22:53 / 17.07.2025
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov

21:19 / 17.07.2025