O‘zbekiston | 07:30 / 15.06.2024
3619
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda besh oyda YTH oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi

Yanvar-may oylari davomida Toshkent shahrida 393 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 kishi halok bo‘lgan, yana 364 kishi jarohat olgan. YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan. 

Foto: YHXX axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Toshpo‘latov raisligida IIBB YHXB tomonidan 2024 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
 
Joriy yilning 5 oyi davomida Toshkent shahrida 393 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 364 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan. 

YTH sabablari tahlili qilinganda, haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarga rioya qilmasligi, piyodalarning belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tishi natijasida sodir etilganligi 99 foiz holatlarda qayd etilgan.  

Poytaxt IIBB boshlig‘i YTHni oldini olish maqsadida har bir avariya o‘choqlarini tahlil qilish, tahlil asosida zaruriy chora-tadbirlarni belgilash, haydovchilar va piyodalar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot choralarini yanada kuchaytirish kerakligini ta’kidladi.

Uchrashuvda shuningdek, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish  bo‘limi faoliyatiga to‘xtalib, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida “Yunusobod”, “Chilonzor”, “Uzbum-Mirobod”, “Fayzobod” ro‘yxatlash bo‘linmalarida 3 bosqichli yangi elektron tizim joriy etilganligiga alohida to‘xtaldi. Bunda, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha jarayonlar elektron qurilmalar va Yagona elektron tizim orqali amalga oshirilishi nazarda tutilganligi, biroq ayrim hollarda xodimlar tomonidan bu tizimdan to‘liq foydalanilmayotganligi tanqid qilindi.  

Mavzuga oid