22:35 / 14.09.2023
5209

Toshkent viloyatida uchta bog‘cha tarbiyalanuvchilari ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi

Sanepidqo‘mita holat yuzasidan ekspertiza o‘tkazmoqda.

Toshkent viloyati, Angren shahridagi 1-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 3 nafar, 10-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 14 nafar hamda 37-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 1 nafar tarbiyalanuvchi birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, hodisa 13-14 sentabr kunlari sodir bo‘lgan. Hozir barcha tarbiyalanuvchilar shifokorlar nazoratida ekani aytilmoqda.

Hodisa sabablari haqida ma’lumot berilmadi. Holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hududiy bo‘limi tomonidan hodisa sabablarini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top