2024 yil yanvarida Özbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Xitoyning China Datang Overseas Investment kompaniyasi örtasida Toşkent viloyatining Böka tumanida 263 megavatt quvvatga ega quyoş elektr stansiyasini hamda havo uzatiş tarmoğini quriş investitsiya loyihasi imzolangan.

Xitoylik investor quyoş elektr stansiyasini loyihalaştirişi, qurişi hamda ekspluatatsiya qilişi belgilangan. Yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarni öz zimmasiga olgan holda dastlabki baholaş böyiça jami 150 million dollar miqdorida töğridan töğri xorijiy investitsiyalar jalb etilişi lozim.

Investor işlab çiqarilgan elektr energiyasini “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga kafolatlangan tarzda sotiş majburiyatini oladi. “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” 25 yil davomida uşbu elektr stansiyasi tomonidan işlab çiqarilgan elektr energiyasini sotib oladi.

Quriliş uçun 621 gektar yer ajratilişi belgilangan bölib, u qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar toifasidan sanoat transport, aloqa, mudofaa va boşqa maqsadlarga möljallangan yer toifasiga ötkaziladi.