Toşkent viloyatida amalga oşirilayotgan Janubiy Koreya tajribasi asosida köçat ekilişi 10 kun muddatda ta’minlanadi. Viloyat hokimi Zoir Mirzayevning bu boradagi tegişli qarori qabul qilindi.
Janubiy Koreya tajribasi asosida Nurafşon va Bekobod şaharlari, Örta Çirçiq, Toşkent va Ohangaron tumanlari hududidan jami 34 gektar yer maydoni 30 yil muddatga obodonlaştiriş boşqarmalariga biriktiriladi.
Har 1 gektar yer maydoni uçun mahalliy budjetdan 100 million söm mablağ ajratiladi va tomçilatib suğoriş tizimi joriy qilinadi.
Bunda, yerni tayyor holga keltirib, daraxt ekişga xohişi bölgan aholiga özi istagan turdagi köçatni ekişi uçun şaroit yaratib, har bir daraxt köçat ekkan şaxs nomiga tamğalanadi. Daraxtlarni parvarişlaş uçun obodonlaştiriş boşqarmasi ştatlari doirasidagi har 1 gektar uçun bir nafar xodim biriktiriladi.
Şahar va tuman obodonlaştiriş boşqarmalari ştat birliklari doirasida “Yaşil kelajak boği” bölimlari faoliyati taşkil etiladi.








