O‘zbekiston | 07:29 / 15.09.2023
4088
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya kompaniyasi O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini qurish loyihasida ishtirok etmoqchi

Cengiz Holding kompaniyasi yo‘l qurilishi sohasida DXSh loyihalarida ishtirok etish niyatida.

Foto: Transport vazirligi

Kecha, 14 sentabr kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda transport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etilgan.

Turk kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

Xorijiy kompaniya vakillariga mamlakatda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida DXSh asosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Mavzuga oid