GFRda uch erkak RFga qimmatbaho avtomobillar eksporti uchun sudlandi
Frankfurt-Oderdan bo‘lgan erkaklar Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tib, Rossiyaga yuzlab avtomobillarni eksport qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Ular 430 ta holatda qonunni buzganlikda aybdor deb topildi.
Frankfurt-Oder shahrida yashovchi uch erkak yuzlab qimmatbaho avtomobillarni Rossiyaga eksport qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda 26 sentabr, payshanba kuni Frankfurt sudi matbuot xizmatiga tayanib, AFP xabar berdi. Sud vakilining so‘zlariga ko‘ra, uch kishi Moskvaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzkorligi sababli joriy etilgan G‘arb sanksiyalarida bilan Rossiyaga tovarlar eksportini taqiqlovchi Germaniyaning Tashqi savdo qonunini 430 marta buzganlikda aybdor deb topilgan.
Ayblanuvchilar — 25, 50 va 52 yoshli erkaklar — 2022 yil martidan 2024 yil martigacha Dalvits-Xoppergartendagi avtosalondan mashina sotishgan. Ular bojxonachilarga mashinalar Belarusga jo‘natilayotgani haqida xabar berishgan.
Ikki ayblanuvchi olti yil, uchinchisi to‘rt yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Umumiy qiymati qariyb 30 million yevro bo‘lgan noqonuniy operatsiyalardan olingan foyda musodara qilinadi.
YeIdan Belarusga avtomobil importi to‘rt barobar oshdi
2022 yil mart oyida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga 50 ming yevrodan qimmat bo‘lgan qimmatbaho avtomobillarni eksport qilishni taqiqladi. 2023 yilda Yevropa Ittifoqidan Rossiya Federatsiyasiga qo‘shni bo‘lgan Belarusga avtomobil importi hajmi 2,6 milliard dollarni (2,4 milliard yevro) tashkil etdi, bu 2021 yildagi ko‘rsatkichdan to‘rt baravar ko‘pdir, deya xabar bermoqda Politico Germaniya iqtisodiy guruhi ma’lumotlariga tayanib.
Kuzatuvchilar hashamatli avtomobillar sohasida eng katta nisbiy o‘sishni qayd etdilar. Import umumiy o‘sishining uchdan ikki qismi – 1,4 milliard dollar (1,3 milliard yevro) uning hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
16:23
GFR prezidenti 27 dekabrda Bundestag tarqatilishini e’lon qiladi
16:39 / 19.12.2024
GFR diplomatlari Suriyadagi isyonchilar bilan aloqa o‘rnatdi
15:01 / 17.12.2024
Andijonda fuqarolarning mashinalarini ijaraga olib, ularni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan yirik uyushgan guruh ustidan sud boshlandi
13:10 / 16.12.2024