19:19 / 18.09.2023
8225

Toshkentda quruvchi uy xaridorlarining 4 mlrd so‘m pulini o‘zlashtirdi - Bosh prokuratura 

Toshkent shahri, Yashnobod tumanida uy-joy qurilishi va oldi-sotdisi bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. 

Foto: Daryo

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Z.G. MChJ rahbari A.A. xonadon sotib olish istagini bildirgan 23 nafar fuqaro bilan soxta oldi-sotdi shartnomasi tuzib, 4 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. U qurilishni tugatmasdan, xonadonlarni fuqarolarga rasmiylashtirib bermasdan, «o‘zganing juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini» talon-toroj qilgan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top