Toşkent şahrida gul köçatlarini xarid qiliş va ekişga 7 mlrd 920 mln söm mablağ ajratildi. Bu haqda şahar hokimining qarori qabul qilindi.
Hujjatda keltirilişiça, mablağ şahar mahalliy budjetining zaxira jamğarmasi hisobidan ajratilmoqda. Uning bir qismi tumanlar Obodonlaştiriş boşqarmalariga taqsimlab berilgan.
Jumladan, uşbu maqsad uçun Bektemir tumaniga 50 mln, Mirobod tumaniga 350 mln, Mirzo Uluğbek tumaniga 415 mln, Sergeli tumaniga 70 mln, Olmazor tumaniga 400 mln, Şayxontohur tumaniga 240 mln, Yaşnobod tumaniga 150 mln, Çilonzor tumaniga 435 mln, Uçtepa tumaniga 110 mln, Yunusobod tumaniga 100 mln, Yakkasaroy tumaniga 300 mln hamda Yangiobod tumaniga 100 mln söm ajratilgan.
5,2 mlrd söm mablağ esa Toşkent şahar Obodonlaştiriş boş boşqarmasi tizimidagi ixtisoslaştirilgan boşqarmalarga, jumladan, Irrigatsiya xöjaligi va kökalamzorlaştiriş obektlarini ta’mirlaş ixtisoslaştirilgan boşqarmasiga 3,2 mlrd söm, Markaziy maydonlarni obodonlaştiriş ixtisoslaştirilgan boşqarmasiga 1,5 mlrd söm va Hukumat obektlariga xizmat körsatiş ixtisoslaştirilgan boşqarmasiga 500 mln söm berilgan.
Majburiy ijro byurosi ma’lumotiga köra, Toşkent şahar hokimligining tölanmay kelinayotgan jami 180 mlrd söm qarzdorligi bor.
Avvalroq prokuratura va qator davlat idoralari qimmatbaho smartfonlar sotib olayotgani xabar qilingandi.

















