Toşkent şahrida yaşovçi 52 yoşli ayol Yu.A. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 23 mln söm pulni noma’lum şaxs özlaştirganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toşkent şahrida yaşovçi ayol Yu.Z. sodir etgani aniqlangan.
Ma’lum bölişiça, Yu.Z., jabrlanuvçi Yu.A. bilan Telegram orqali tanişib, unga pullarini oz fursatda köpaytirib berişini va’da qilgan. Söng aldov yöli bilan uning 23 mln söm pulini ötkazib olib, öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Yu.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.







