08:07 / 05.10.2023
12790

Gaz va elektrdan noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari 3 hududda aniqlanmoqda

Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Foto: O‘zA

2023 yilning sentabr oyida 911 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan
 
Nazorat tadbirlarida 94 million 533 ming metr kub tabiiy gaz va 42 million 961 ming kilovatt soat elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Bu holatlar tizimga 111 milliard 428 million so‘m zarar keltirgan. 
 
Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Bu hajmdagi tabiiy gaz 472 ming 665 ta xonadonning, elektr energiyasi esa 214 ming 805 ta xonadonning bir oylik iste’moliga to‘g‘ri keladi.

Top