Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, Özbekiston yanvarda 21 mln dollarlik, fevralda 5,7 mln dollarlik, martda 18,7 mln dollarlik, aprelda 6,9 mln dollarlik, mayda esa 7,6 mln dollarlik gaz sotgan. Umumiy hisobda ötgan 5 oyda 59,9 mln dollarlik gaz eksport qilingan.
Pandemiya boşlanişi ortidan Özbekiston Rossiyaga tabiiy gaz eksportini töxtatgandi va bu ötgan davr mobaynida ham qayta tiklanmadi. Ayni paytda özbek gazi faqat Xitoyga eksport qilinyapti. Istisno tariqasida fevral oyida Qirğizistonga 1 mln dollarlik gaz yetkazib berilgan.
Xitoy Boş bojxona boşqarmasi ma’lumotlariga köra, joriy yil yanvar-may oylarida Özbekistondan 153,87 mln dollarlik gaz import qilingan, bu Özbekiston tomoni bergan ma’lumotlardan 2,6 barobarga köp.

Ma’lumot uçun, joriy yilning 5 oyi davomida Özbekiston 643 mln dollarlik gaz import qilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 barobar köp.
Gazeta.uz hisob-kitoblariga köra, 2022 yilda ikki tomonlama raqamlardagi farq 159,5 mln dollarni, 2023 yilda esa 49,5 mln dollarni taşkil etgan. Har ikkala holatda ham Özbekiston tomoni raqamlarni kamroq körsatgan.







