Kun.uz Statistika agentligining oylik hisobotiga tayanib, 2024 yilning 5 oyida gaz qazib oliş 5,2 foizga, elektr energiyasi işlab çiqariş 1,3 foizga yoki 426 mln kWh’ga kamaygani haqida xabar bergandi. Energetika vazirligi mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilişiça, 2024 yilning may oyida respublikada 6,1 mlrd kWh elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 337,9 mln kWh yoki 5,8 foizga köp.
Öz navbatida iste’molçilarga 5 mlrd kWh elektr energiyasi yetkazib berilgan. Bu 2023 yilning mos davridagiga nisbatan 297,1 mln kWh yoki 5,7 foiz kam. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlariga — 3,7 mlrd kWh (92,2 mln kWh köp), aholiga — 1,2 mlrd kWh (393,7 mln kWh kam) elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Vazirlikning izohlaşiça, narxlarning qimmatlaşgani aholining elektrdan tejamkorlik bilan foydalanişiga sabab bölgan.
“Bugungi kunda yurtimizda elektr energiya işlab çiqariş bilan boğliq heç qanday muammo yöq”, deyiladi vazirlik xabarida.
Şuningdek, may oyida 3 mlrd 554,8 mln kub metr tabiiy gaz qazib olingan. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 41 mln kub metrga kam.
“Tabiiy gaz qazib çiqariş hajmining kamayişi Qandim gazni qayta işlaş zavodi va «Jarquduq» gazni kompleks tayyorlaş qurilmasida rejaviy ta’mirlaş işlari va boşqa texnologik sabablarga köra yuzaga kelgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, 2022 yilda ham gaz qazib oliş 53,8 mlrddan 51,67 mlrd kub metrgaça yoki 4 foizga, 2023 yilda esa 51,67 mlrddan 46,71 mlrd kub metrgaça yoki 9,6 foizga qisqargan.








