12:21 / 20.10.2023
10859

Qiymati 6 mlrd so‘mga yaqin uyali aloqa vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi Namangan viloyatiga kirish maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Avtotransport vositasining saloni va yukxonasida chetdan noqonuniy olib kirilayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki qiymati 5 mlrd 788,9 mln so‘mlik jami 24 turdagi 550 ga yaqin uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top