Uçraşuvda Farğona viloyatida yetiştirilgan va işlab çiqarilgan mahsulotlarning AQŞga eksporti kölamini kengaytiriş masalasi muhokama qilindi.
2023 yil dekabr oyida Oltiariq uzumlarini AQŞ bozoriga olib kirişga vositaçi bölgan uşbu kompaniya vakillari, viloyat meva va sabzavotlariga Qöşma ştatlarda yetarli talab borligi, şuningdek, quritilgan mevalar, konservalangan mahsulotlar, meva şarbatlari, holva va boşqa milliy şirinliklarni ham amerikalik iste’molçilarga sinov tariqasida taqdim etiş ustida iş olib borayotganliklarini ma’lum qildi.
Yaqin kunlarda Farğona viloyatida yetiştirilgan va işlab çiqarilgan qator mahsulotlarning sinov partiyalaridan iborat navbatdagi yuk AQŞga yuborilişi bildirildi. 2024 yilda Farğona uzumlari ham katta miqdorda Amerikaga yetkazib berilişi va bu masalada hozirdan barça tayyorgarliklar körilayotgani aytib ötildi.








