Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada traktor boshqarib poyezd bilan to‘qnashgan o‘quvchi halok bo‘ldi
O‘quvchi ta’lim olgan maktabda o‘tkazilgan muhokamada YPX xodimlari ota-onalarga yosh bolalarning transport vositalarini boshqarishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashgan.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida traktor poyezd bilan to‘qnashgan. IIV axborot xizmatining xabar berishicha, traktor boshqaruvida maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Buvayda tumanidagi maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi traktor boshqarib, poyezd yo‘liga chiqib ketgan.
Oqibatda traktor poyezd bilan to‘qnashgan va uni boshqarayotgan o‘quvchi halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, o‘quvchi ta’lim olgan maktabda holat yuzasidan ota-onalar ishtirokida muhokama majlisi o‘tkazilgan. Unda YPX xodimlari yosh bolalarning transport vositalarini boshqarishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.
Shuningdek, poyezdlar bir izdan yurishi va ularni to‘xtatishning iloji bo‘lmasligi sababidan maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan bu hodisada mashinist aybdor bo‘lmasligi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026