15:35 / 22.10.2023
13265

Karmanada davlatga 24,4 mlrd so‘m zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Navoiy viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan yana bir mayning ferma aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoda nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro R.E.I.ga tegishli, umumiy iste’mol quvvati 840,4 kW·h’ni tashkil etadigan mayning qurilmalari quvvati 630 kW·h’ga teng ikkita transformatorga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan.

Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 24 milliard 415 million 300 ming so‘m qayta hisob-kitob qilingan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Top