Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida yoş yigitlar Traverse maşinasini boşqarib kelib, YPX inspektorlari oldida sirena çalgani aks etgan videolavha tarqaldi. Navoiy viloyati IIB JXX YHXB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, mazkur holat joriy yil 28 aprel kuni soat 17:00 lar atrofida Navbahor tumanida joylaşgan “Sarmişsoy” dam oliş maskanidan çiqiş joyida sodir bölgan.
Şu kuni Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari – katta serjant D.Ne’matov hamda safdor Ğ.Mavlonov dam oliş maskanidan qaytuvçi fuqarolarning yöllarda harakatlaniş xavfsizligini ta’minlaş maqsadida uşbu hududda xizmat olib borayotgan vaqtlarida Traverse maşinasi haydovçisi xodimlarning oldiga harakatlanib kelib töxtab, ularning yonida tovuş çiqaruvçi sirena moslamasidan foydalangani aniqlangan.
Holat yuzasidan haydovçiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismi (tegişli ruxsatnomasiz tovuş çiqaruvçi va yorituvçi maxsus qurilmalarni örnatiş) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Traverse maşinasi esa vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirilgan.
Qöşimça qilinişiça, Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari – katta serjant D.Ne’matov hamda safdor Ğ.Mavlonovning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Avvalroq Samarqand viloyatida YPX inspektori haydovçidan pora söragani uçun işdan böşatilgani xabar qilingandi.












