O‘zbekiston | 11:20 / 14.11.2023
3948
1 daqiqa o‘qiladi

Ummonning yangi elchisi O‘zbekiston TIVda qabul qilindi

Jabr Nosir al-Busaidiy 2019-2023 yillarda Ummonning Toshkentdagi  elchixonasiga rahbarlik qilgan Ahmad al-Kasiriy o‘rniga tayinlandi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ummonning yangi elchisi Jabr Nosir al-Busaidiyni qabul qildi.

«Ummon sultonligining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy xonim bilan uchrashib, ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz, -  deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘z Telegram-kanalida. - Muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatini ko‘rib chiqdik va hamkorligimizni har jihatdan kengaytirish bo‘yicha ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladik. Elchi xonimga O‘zbekistondagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz».

Jabr Nosir al-Busaidiy 2019-2023 yillarda Ummonning Toshkentdagi  elchixonasiga rahbarlik qilgan Ahmad al-Kasiriy o‘rniga tayinlandi.

O‘zbekistonga tayinlangan yangi elchi 49 yoshda. Diplomat 1998 yildan beri Ummon TIV tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Ushbu lavozimga tayinlanganiga qadar departamentga rahbarlik qilgan.

Mavzuga oid