Masqat şahrida taşrif bilan bölib turgan Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Ummon taşqi işlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan uçraşdi.
"Hamkasbim Ummon taşqi işlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy janoblari bilan samimiy uçraşuv ötkazdik", – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida.
Özbekiston va Ummon taşqi işlar vazirliklari kengayib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikni yanada boyitiş yölida ustuvor yönalişlarni, jumladan, savdo va iqtisodiyot, "yaşil" energetika, özaro boğliqlik, kadrlar salohiyatini oşiriş, xalq diplomatiyasini ilgari suriş masalalari hamda mintaqaviy va global kun tartibini muhokama qildi.
Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qiliş töğrisidagi şartnoma ham imzolandi.












