O‘zbekiston | 12:23 / 15.11.2023
6993
2 daqiqa o‘qiladi

Migratsiya agentligi Qozog‘istonda ishlayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 30 kungacha bo‘lib turishi mumkin. 

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qozog‘istonda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet davlatlar fuqarolaridan joriy yil 10 noyabridan 21 noyabrigacha Qozog‘iston chegarasida hujjatlarsiz, ya’ni hujjati bo‘lmagan yoki migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarning tark etishi so‘raldi» degan xabarlar Qozog‘iston hududida ishlab yurgan fuqarolar o‘rtasida keng tarqalmoqda va tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.

Migratsiya agentligi ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Qozog‘iston hukumatining 2022 yil 31 dekabrdagi 1146-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 30 kungacha bo‘lib turishi mumkin. Ammo, umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, ya’ni fuqaro uzluksiz 90 kalendar kunidan ortiq Qozog‘istonda bo‘lib turishi mumkin emas.

Qozog‘istonga ishlash maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko‘rsatish markazida ro‘yxatga kiritib, 3 oygacha bo‘lgan muddat uchun ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.

Mavzuga oid