Uruş davrida Rossiya jamiyatida kuç tuzilmalarining ta’siri oşib ketdi. Natijada eng zaif qatlam bölmiş migrantlardan “duşman obrazi” yasalib, ular asossiz tarzda yoki arzimagan sabablar bilan qamoqqa olinyapti, köplari uruşga jönatilyapti. Kun.uz muxbiri dolzarb mavzuni huquqşunos Botirjon Şermuhammad va siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov bilan muhokama qildi.
Qöşimça qilib ötamiz, qator savollarga javob oliş uçun körsatuvga Özbekiston Taşqi işlar vazirligi, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari ham taklif etilgandi, lekin ular bir haftadan köp muddatda ham turli sabablar bilan suhbatga kelmadi.
– Nima uçun mehnat muhojirlariga kuraş asosiy mavzular qatoriga çiqib qoldi? Jamiyatda migrantofobiyani şakllantiriş, ularning şaroitlarini oğirlaştiruvçi normalarni qabul qilişdan maqsad nima?
Botirjon Şermuhammad:
– Men 2015 yilda ham Moskvada muhojirlarga atalgan dahşatli kamsituvçi yorliqlarga közim tuşgan, aytmoqçimanki, bu faqat bugun bölmayapti. Ançadan buyon bor. Migrantlar orasidagi jinoyatçilik Rossiyada 4 foizni ham taşkil etmaydi, lekin ularning jinoyatlari doim börttirib körsatiladi. Hozir esa muhojirlarga bölgan munosabat avvalgi davrlarga nisbatan ança jiddiylaşgan.
Rossiya televideniyelarida ham qiynaş, insonlarga şafqatsizlik videolari bemalol qöyilyapti – misol uçun, “Krokus”da gumonlanuvçilarning kaltaklangani tasviri. Jamiyatda şafqatsizlik oddiy qabul qilinmoqda. Bunga sabab jamiyatdagi kuçli norozilik eng kuçsiz qatlam bölmiş muhojirlarga zarar yetkaziş bilan çiqarib berilmoqda. Çunki Rossiyada muhojirlar – eng zaif va himoyasiz qatlam.

Kamoliddin Rabbimov:
– Har qanday demografik qisqarib borayotgan davlat muhojirlar masalasiga qattiq norozilik bilan qaray boşlaydi. Ular bizning hududni begonalar egallab bormoqda deb öylaydi. Putin hokimiyatga kelganiga çorak asr bölgan bölsa, ruslarning demografik ösişi biroz köpaydi. Neft narxi oşgan davrda Rossiya demografik qisqarişni kamaytiriş uçun köplab çora-tadbirlarni amalga oşirdi. Ammo bu ham katta foyda bermadi.
Boşqa tomondan, Rossiya avtoritar davlat bölgani uçun ham ksenofobiya ança keng tarqalgan. Avtoritar davlatlarda “duşman qiyofasi”ning bölişi juda muhim. Içimizda va taşqi dunyoda duşmanlarimiz bor va bunga qarşi birlaşişimiz kerak, degan narsa bu. Misol uçun, Ğarbga qarşi kuraş, ukrainafobiya ançagina yaşirin, lekin çuqur bölgan islomofobiya kabi holatlardan Rossiya juda ham ustakorlik bilan foydalanib kelyapti.
Migrantlar esa eng himoyasiz qatlam, şu yilning bahoridagi “Krokus siti”dagi harakatlar ham migrantlarning böyniga qöyildi va tezda bosdi-bosdi qilindi.
Botirjon Şermuhammad:
– Ukraina uruşidan oldin, tinçlik davrida Rossiya hukumatidagi iqtisodiy blokning ta’siri bor edi. Ular “bizga soğlom-liberal bozor kerak, migrantlarga ehtiyojimiz bor”, deb doim aytişardi. Hozir Rossiya iqtisodiy körsatkiçlarga deyarli e’tibor bermay qöydi, uruş qatnaşçilariga tölaş orqali juda katta pullar iqtisodiyotga kiritilyapti. Uning inflatsiyaga ta’siri hisobga olinmayapti. Dastlab uruşga borganlarga bir martalik 200-400 ming rubl berilgan bölsa, hozir 3 million rublgaça çiqdi.

Hozir heç narsa hisobga olinmayapti-da, faqat kuç tuzilmalarining lobbizmi kuçaydi. 2024 yilning özida Rossiyadagi çel el fuqarolarining holatiga doir qonunga 19 marta özgariş taklif qilingan. Deyarli har hafta qaysidir amaldor yoki deputat migrantlar haqida biror salbiy taklif kötarib çiqyapti. Nafaqat oddiy migrantlar, balki ularning huquqini himoya qiluvçilarni ham umuman ovozini öçirişmoqçi.
Kamoliddin Rabbimov:
– Rossiyadagi eng yirik iş birjasi 53 foiz işçilar yetişmayotganini aytmoqda. Putinga yaqin bölgan Markaziy bank raisi Elvina Nabiulina esa 72 foiz korxonalarga işçi kuçi yetişmayotganini aytmoqda. Nega bunday holatda migrantlarga kuçli bosim bölyapti? Buning bir qança sabablari bor. Taşqi sabablar: Rossiya vaqti-vaqti bilan migrantlarga bosim qiliş orqali migrantlar köp keladigan davlatlarga geosiyosiy bosim qiladi. Bu asosan Tojikiston, Qirğiziston yoki Özbekistonga signal beriş usuli, rasmiy Kremlning qarori böladi.
Bundan taşqari, har doim avtoritar davlatlarda kuçişlatar tuzilmalar özining borligini, davlatdan olayotgan judayam katta resurslari, pullarini oqlaş uçun ularga “duşman obrazi” judayam kerak. Biz bölmasak, osmon uzilib yerga tuşadi, degan ma’noda… Rossiyada içki muxolifat, erkin OAV qolmadi, tozalandi. Endi işlatiş qulay bölgan omillardan biri sifatida migrantlar qoladi.
Rossiyada ultraöng kuçlar doim bölgan va ular aynan migrantlarni yöqotiş tarafdori. Yaqinda Rossiya tergov qömitasi raisi aynan migrantlardan 30 ming kişiga bosim qilingani, natijada 10 ming kişini uruşga yuborişga “muvaffaq bölgani”ni aytmoqda. Ular urişişni bilmaydi-ku, degan savolga: “Heç bölmasa okop qaziy oladi-ku”, degan rossiyalik amaldor. Uruşga jalb qilingan migrantlarning köpçiligi halok böladi.
– Sönggi vaqtlarda Rossiya aeroportlarida özbekistonlik mehnat migrantlarini kiritmaslik, ularga fuqarolik taklif qilib, rad qilsa, qaytarib yuboriş holatlari köpaygan. Ba’zi hollarda ular birinçi marotaba Rossiyaga borayotgan bölsa ham. Bunday vaziyat nega yuzaga kelmoqda? Özbekiston hukumati bu borada nimalar qilyapti?
Kamoliddin Rabbimov:
– Markaziy Osiyo davlatlari bu borada kutiş siyosatini amalga oşirmoqda. Agar biz birin-ketin norozilik bildirsak, bu uruşga biz ham tortilamiz deb öylaşmoqda. Şu sababli ham davlatlar jim turişga va e’tibor bermaslikka harakat qilişmoqda. Ammo bir neça Markaziy Osiyo davlatlari birlaşib, Rossiyaga javob qaytarişsa, Rossiya ham bunga e’tibor qilişga majbur böladi. Afsuski, biz bu imkonni qöldan boy beryapmiz.

Rossiyadagi muhojirlar masalasiga töxtalsak, Islom Karimov davrida Rossiyadagi muhojirlar rasman tan olinmayotgan edi. Bu orqali Özbekistonga turli bosimlar ötkazilişining oldini olişga urinilgan. Tojikiston bilan Rossiya örtasida muhojirlar masalasi rasmiy körinişga ega bölgan. Ammo barça Markaziy Osiyo davlatlari bu borada Rossiyaning kuçli bosimini sezadi va bunga javob berişdan köra e’tibor bermaslikni afzal bilişadi.
Botirjon Şermuhammad:
– Rossiyaga kiriş va çiqiş töğrisida qonun bor, undagi belgilangan tartib buzilsagina Rossiya hududiga boşqa davlat fuqarolarini kiritmasligi mumkin. Bu asoslar 17 tani taşkil etadi, biz bu bilan şuğullanamiz. Ammo çegarada turganlar asosan kayfiyatiga qarab fuqarolarni çegaradan ötkazişmoqda. Kimningdir soqoli yoki soçi yoqmasa, yoki boşqa sabablar bilan.
Hatto Rossiya fuqaroligini olgan, ammo ota-onasi boşqa davlatdan bölganlarni ham ba’zida davlat hududiga kiritmay qöyişmoqda. Bu qançalik qonunçilikka mos holat? Rossiyaga kiritilmayotganlarga hatto qonuniy hujjat ham, asos ham berişmayapti. Biz Rossiya fuqarolarini sababsiz Özbekistonga kiritmay qöymayapmiz-ku.
– Rossiyaning içida bölib turgan mehnat muhojirlarimiz soni qariyb 2 million. Xavotirli tarafi u joyda Rossiyaning Ukrainadagi uruşiga jalb qiliş uçun özbek tilida tarğibotlar olib borilmoqda. Bunga qarşi qanday işlar qilinyapti? TIV darajasida sörovlar yuborilganmi?
Botirjon Şermuhammad:
– Ötgan yili Taşqi işlar vazirligi xodimi Rossiyaga şu masalada murojaat qilingani va Rossiya hukumati özbeklarni boşqa uruşga safarbar qilmasligi töğrisida aytib ötgan edi. Ammo mana, oradan vaqt ötdi, biror katta yangilik bölmadi. Kuç tuzilmalari nima qilib bölsa ham uruşga odam yiğişni xohlaydi. Hatto sud jarayonidagi yoki hukmga mahkum qilingan jinoyatçi bölsa ham uruşga qatnaşişni xohlasa, uni jazodan ozod qilib uruş jarayoniga yuborişmoqda. Bundan korrupsioner amaldorlar foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda qamoqdan çiqib uruşga jönaşini bildiruvçi videolar joylaşmoqda.
Eng yomoni – rus tilini bilmaydigan fuqarolarimizni arzimagan bahonalar bilan qamoqqa olib, majburiy uruşga yuborişmoqda. Menga bir muddat oldin bir jizzaxlik yigit nohaq qamalib, uruşga borgani, uruşda 4 ta barmoğidan ajralib, kasalxonada yotganini va bu yerdan qanday qilib Özbekistonga qaytiş mumkinligini sörab murojaat qilgan ekan.
Rossiyada uruşga tarğibot kuçayib bormoqda. Hatto maktablarda birinçi partaga uruşda halok bölgan odamning rasmi yopiştirilib, qahramon sifatida bolalarning ongiga singdirişmoqda. Köçalarda tojik, özbek millatiga mansub odamlarning ismlari yopiştirilgan yorliqlarni ham köriş mumkin.
Töliq intervyu bilan yuqoridagi videoda tanişib çiqişingiz mumkin.
Farrux Absattarov suhbatlaşdi.












