Putin mehnat migrantlari Rossiya iqtisodiyoti manfaatlariga mos kelishi kerakligini aytdi
U mehnat migrantlarini Rossiyadagi hayot va ish uchun tayyorlash zarurligini ta’kidladi.
Mehnat migrantlari Rossiya iqtisodiyoti manfaatlariga mos kelishi, mamlakat madaniyati, an’analari va qonunlarini hurmat qilishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin gapirdi va mehnat migrantlari huquqlari ham hurmat qilinishi kerakligini ta’kidladi.
«Biz, eng avvalo, Rossiya iqtisodiyoti manfaatlariga mos keladigan mehnat resurslarini jalb qilishimiz kerak. Ya’ni bu odamlar til, etnik-madaniy nuqtai nazardan tayyorlanishi, urf-odatlarimizni, qonunlarimizni bilishi va hurmat qilishi kerak. Biz esa MDH davlatlari va Markaziy Osiyodagi hamkasblarimiz bilan birgalikda bu borada hamkorlikda ishlayapmiz», dedi Putin Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya MDH mamlakatlarida rus tilida o‘qitadigan maktablar ochmoqda va tadbirlar o‘tkazmoqda.
«Ammo bu shuni istisno etmaydiki, kelganlarning hammasi, yana takror aytaman, Rossiya qonunlariga rioya qilishi, madaniy an’analarimizni, xalqlarimiz an’analarini hurmat qilishi kerak. Lekin, albatta, sivilizatsiyalashgan davlat sifatida biz ham ularning huquqlarini ta’minlashimiz kerak», dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, migrantlar huquqlari masalasi «o‘ta dolzarb».
«Bu yerda etnomadaniy muvozanatni saqlash kerak degan fikrga qo‘shilaman. Albatta, bu sohada sodir bo‘layotgan hamma narsa, birinchi navbatda, iqtisodiyot manfaatlari, ishchilar yetishmasligi bilan bog‘liq. Lekin, albatta, bu odamlarni tayyorlash kerak», dedi prezident.
Shu bilan birga, u, birinchi navbatda, barcha sohalarda Rossiya fuqarolarining manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:27
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024