Insoniyat azaldan yerdan, turli foydali qazilmalardan foydalanib keladi. Biroq bu jarayon 20-asrga kelib nihoyatda ommalaşdi.

Masalan, insoniyat antik davrda 19 turdagi elementdan foydalangan bölsa, 18-asrda 28, 19-asrda 50 va 20-asrda 60 turdagi turli elementni işlata boşlagan.

20-asrda insoniyat turli qazilma boyliklarni juda tez suratlar bilan qazib olişga ötdi. Köp ötmay dengiz va okeanlar ostidagi konlar ham özlaştirila boşlandi.

Agar tarixiga qaralsa, turli davrlarda turli qazilma boyliklarni qazib oliş turliça keçganini köriş mumkin. Masalan, 1850-1930 yillarda kömir, 1940-2000 yillarda neft, 2010 yildan boşlab eng köp tabiiy gaz qazib olinmoqda.

Şuningdek, ayrim qazilma boyliklarni qazib oliş kamayib kelgan. Masalan, torf qazib oliş 1940 yildan buyon muttasil qisqarib kelmoqda.

Qazilma boyliklar orasida qayta işlasa böladiganlari ham bor. Masalan, metallarning aksariyatini qayta işlasa böladi. Şu sababli har yili Yer yuzida juda köp miqdorda eski metall bölaklari qaytadan eritilib, turli mahsulotlar işlab çiqariladi.

Qazilma boyliklar Yer yuzi böylab juda nomutanosib taqsimlangan. Qaysidir davlatda ular juda köp. Ayrim davlatlarda esa ular umuman yöq.

Şuningdek, juda köp miqdorda tabiiy boyliklar zaxirasiga ega davlatlarning hammasi ham boy emas yoki gullab-yaşnab ketmagan.

Bunda turli omillar, jumladan nönoq boşqaruv va energiya resurslari uçun keçayotgan kuçli raqobatda taşqi aralaşuv ham muhim rol öynamoqda.

Quyida aniqlangan zaxiralar böyiça qazilma boyliklari eng köp davlatlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

1. Rossiya, 75 trillion dollar.

Şubhasiz Rossiya tabiiy boyliklar miqdori böyiça birinçi örinda turadi. Bu davlatning aniqlangan tabiiy boyliklar zaxirasi 75 trillion dollarga baholangan.

Rossiyada turli qazilma boyliklar zaxirasi böyiça yuqori örinlarni egallaydi. Jumladan dunyoda aniqlangan turli zaxiralar böyiça Rossiya uluşi quyidagiça: