10:42 / 12.12.2023
4578

Pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovoragarchiliksiz to‘xtatib turish imkoni yaratildi

O‘zbekistonda endilikda pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovoragarchiliksiz to‘xtatib turish imkoni yaratildi.

Foto: my.gov.uz

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabariga ko‘ra, my.gov.uz portalida “Pensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi

Ushbu xizmat quyidagi hollarda kerak bo‘lishi mumkin:

vaqtinchalik pensiya yoki nafaqa kerak bo‘lmasa va ularni olishni ma’lum muddatga to‘xtatib turish zarurati yuzaga kelganida;

mamlakat tashqarisida bo‘lganlik uchun ma’lum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa to‘lovlari olinmasa;

to‘lovlarni vaqtinchalik to‘xtatib turishni talab qiladigan o‘zgarishlar yuz bersa.

Mazkur xizmatni olish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi. Xizmat ariza topshirilgandan keyin avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Top