Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
“Ijara töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgarişga asosan, endi ijaraçining nogiron bölib qolgani ijara şartnomasini tugatiş uçun asos böla olmaydi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartirişga köra esa pensionerga hisoblangan, lekin pensioner tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini tölaş muddati 12 oydan 24 oygaça uzaytirildi.
Şuningdek fuqarolarga pensiya tayinlaş uçun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiliş huquqi berildi.
Qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bölmasligi belgilandi. Pensiyalar miqdorlari yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining ösiş sur’atlarini inobatga olgan holda oşirib boriladi.
“Fuqarolarning jamğarib boriladigan pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartişga binoan, fuqaroda davlat pensiya ta’minoti huquqi yuzaga kelgani töğrisida Pensiya jamğarmasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron şaklda yuboriladigan ma’lumotlar fuqaroning pensiya tölovlarini olişi uçun asos böladi.
Ma’lumot uçun, Özbekistondagi minimal iste’mol xarajatlari miqdori 2021 yilda 440 ming sömni taşkil etgan, 2022 yil yanvaridan boşlab 498 ming sömga, 2023 yil iyul oyidan 568 ming sömga oşirilgan. 2024 yil uçun minimal iste’mol xarajatlari miqdori kişi boşiga 1 oyga 621 ming söm deb belgilangan.













