2026 yilda Xalqaro informatika olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Shuningdek, 2024 yildan «Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi» loyihasi boshlanadi, «Raqamli mahalla» yagona platformasi ishga tushiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda qayd qilinishicha, 2026 yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
Shu sababli, «maktab – tuman – viloyat – respublika» bosqichida tanlovlar o‘tkazib, 5-8 sinf o‘quvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafari tanlab olinadi.
IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda o‘quvchilar bo‘lajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.
Yig‘ilishda 2024 yilda IT xizmatlari hajmini 2 barobar oshirib, eksportini 800 million dollarga yetkazish zarurligi qayd etildi. Davlat rahbari bu marralarga erishish uchun chet tili va IT sohasini biladigan kadrlar zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi oldiga kelgusi yilda 8 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni saralab, nufuzli xalqaro kompaniyalar talabiga mos dastur asosida o‘qitish, ularni IT kompaniyalaridagi yuqori daromadli ishlarga joylashtirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, kelgusi yildan «Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi» loyihasi boshlanishi ma’lum qilindi. 30 ming yoshni ingliz tiliga o‘qitib, IELTS bo‘yicha kamida 7 ball, nemis va boshqa tillardan B2 sertifikati olishi uchun sharoit yaratilishi ta’kidlandi.
Davlat rahbari Samarqand viloyati, Nurobod tumanidagi IT shaharcha loyihasini ma’qullab, shu tajriba asosida 2024 yil yakuniga qadar har bir tumanda shunday shaharcha yaratish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, amerikalik hamkorlar bilan «Inklyuziv raqamlashtirish» loyihasi doirasida kamida 20 ming nafar yosh, ayollar va nogironligi bo‘lgan aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.
«Raqamlashtirish, eng avvalo, mahalladan boshlanishi kerak, dedi prezident yig‘ilishda.
Hozir «mahalla beshligi» planshet va kompyuter bilan to‘liq ta’minlangan. Lekin mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli raqamli texnologiyalardan qanchalik foydalanayotgani savol ostida.
Masalan, yoshlar yetakchisiga subsidiya olish uchun murojaat qilgan fuqaro haligacha mahalla raisi, hokim yordamchisi yoki bandlik bo‘limidan ishsizlik to‘g‘risida ma’lumotnoma olib kelishga majbur.
«Qachon mahallaga raqamlashtirish to‘liq kirib borsa, shundagina «Elektron hukumat» ishlab ketdi, deb ayta olamiz», dedi prezident.
Mutasaddilarga 1 martga qadar «Raqamli mahalla» yagona platformasini ishga tushirish va «mahalla yettiligi»ni raqamli tizimlardan foydalanishga o‘qitish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59
-
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?
Jahon | 22:28
-
Ilon Mask bojlar sabab Trampning maslahatchisini haqorat qildi
Jahon | 22:26
-
Germaniyada mamlakat fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyati bekor qilinadi
Jahon | 21:33
Mavzuga oid

11:20 / 08.02.2025
IT xizmatlari eksportini 1 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilmoqda

16:29 / 22.01.2025
O‘zbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi

10:50 / 02.10.2024
ABBYY IT-kompaniyasi rossiyaliklarni uch mamlakatdagi ofisida ishdan bo‘shatdi

21:25 / 13.08.2024