Ispaniya O‘zbekistonda oqova suv tozalash inshootlarini qurishga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston elchixonasida Ispaniyaning Almar Water Solutions kompaniyasi vitse-prezidenti Arancha Mensia Sayeta bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Almar Water Solutions vitse-prezidenti Arancha Mensia Sayeta O‘zbekistonda oqova suv tozalash inshootlarini qurish va modernizatsiya qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalarda kompaniya o‘z texnologiyalari va sarmoyalari bilan ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganini ta’kidladi.
- Almar Water Solutions kompaniyasi Samarqand shahriga yo‘ldosh Shirin shaharchasida suv tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida qurishga tayyor, - dedi u. - Loyihaning moliyaviy masalalari kompaniyaning o‘z mablag‘lari va xalqaro moliyaviy institutlar kreditlari hisobiga qoplanadi.
Dastlabki bosqichda mazkur kompaniyasi O‘zbekiston «Suvta’minot» va Samarqand viloyati hokimligi bilan loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish va tarif narxlarini kelishishni rejalashtirgan. Ushbu jarayondan so‘ng, tomonlar o‘rtasida loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuv imzolanadi.
Mavzuga oid
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
12:00 / 26.10.2024
Qishloq xo‘jaligida suv olish limiti xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi
13:30 / 25.10.2024
Suv resurslarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi
18:50 / 21.10.2024