Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman: AQSh va Britaniya husiychilar obektlariga yangi zarbalar berdi
Operatsiyada ishtirok etganlarning aytishicha, yangi zarbalar Qizil dengizdagi savdo kemalari va harbiy kemalarga husiychilar hujumlariga javoban berilgan.
Foto: AP
Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan AQSh va Britaniya harbiylari 22 yanvar, dushanba kuni Yamandagi isyonchi husiychilar nishonlariga yangi zarbalar berdi. Britaniya Mudofaa vazirligi qo‘shma bayonotida aytilishicha, aniq boshqariladigan raketa zarbalari husiychilarning Qizil dengizdagi savdo kemalari va harbiy kemalarga hujumlariga javob bo‘lgan.
Hujjatda aytilishicha, sakkizta nishon, jumladan yerosti ombori, shuningdek, raketa va havo kuzatuvi infratuzilmasi bilan bog‘liq obektlar urilgan. Ittifoqchilarning harakatlari «husiychilar global savdo va dengizchilar hayotiga tahdid solish uchun foydalanadigan imkoniyatlarni buzish va zaiflashtirish» uchun mo‘ljallangan.
Shu bilan birga, AQSh husiychilarning Adan ko‘rfazida Ocean Jazz yuk kemasiga muvaffaqiyatli hujum uyushtirilgani haqidagi da’volarini rad etadi. Harbiylar ko‘rfazdan «xavfsiz o‘tish paytida» kema bilan «doimiy aloqada bo‘ldi», deb ta’kidladi AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Beshinchi floti matbuot xizmati.
Husiychilar Qizil dengizdagi kemalarga hujum qilmoqda
Yamanning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiychilari 2023 yil oktyabr oyida HAMAS harakati Isroilga hujum qilganidan beri Qizil dengizdagi tijorat kemalariga muntazam ravishda uchuvchisiz uchoqlar va raketalar bilan zarba berib keladi. Husiychilar Yaqin Sharqdagi mojaroga HAMAS tomonida kirganini e’lon qildi.
12 yanvarga o‘tar kechasi AQSh va Britaniya Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya ko‘magida Yamandagi husiychilar nishonlariga yirik zarbalar berdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden bu harakatni husiychilarning Qizil dengizdagi xorijiy yuk kemalariga «misli ko‘rilmagan» hujumlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob deb atadi. O‘shandan beri husiychilarning pozitsiyalariga hujumlar davom etmoqda. Vashington yamanlik husiychilarni global miqyosda faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga qaytardi.
Mavzuga oid
10:00
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
09:40 / 24.12.2025