Kupyansk yo‘nalishidagi razvedkachilar va Rossiya vertolyotlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 704-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
The Washington Post manbalari tasdiqlashicha, AQSh Ukraina bo‘yicha yangi strategiyani tayyorlamoqda va unga ko‘ra, okkupatsiya qilingan hududlarni qaytarib olish ko‘zda tutilmagan. Yangi strategiyadan maqsad — Ukraina qurolli kuchlariga Rossiya armiyasi hujumini qaytarishda yordam ko‘rsatish, shuningdek mudofaa salohiyati va Ukraina iqtisodiyotini uzoq muddatli mustahkamlash hisoblanadi.
Ukraina Harbiy asirlar bo‘yicha muvofiqlashtirish shtabi «Simonyan ro‘yxati»dagi 65 kishi chindan ham 24 yanvar kuni almashtirilishi kerak bo‘lganini tasdiqladi.
Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha arizasini imzolagach, AQSh Davlat departamenti Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishni ma’qulladi. Bu samolyotlar sotuvi Jo Bayden ma’muriyatining Turkiyaga bosim o‘tkazish uchun asosiy richaglaridan biri edi.
Rossiya qo‘shini Ukrainaga sakkizta dron bilan hujum qildi. Ukraina QK ularning yarmi urib tushirilganini ma’lum qilgan.
Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov Belgorod yaqinida Il-76 samolyoti halokatga uchragani yuzasidan izoh berarkan, «tomonlardan hech biri u yerda nima bo‘lgani» bo‘yicha to‘liq javob bera olmasligini aytdi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Gretsiya o‘z armiyasi foydalanmaydigan harbiy texnikalarni Ukrainaga yuborishga rozilik bergan.
Urushga qarshi chiqqan «Bi-2» musiqiy guruhi a’zolari xabar berishicha, Pxuket orolidagi migratsiya politsiyasi hibsxonasida saqlab turilganini xabar qildi. Siyosatchi Dmitriy Gudkovning ma’lumotiga ko‘ra, RFning Pxuketdagi bosh konsuli shaxsan migratsiya departamentiga qo‘ng‘iroq qilib, musiqachilarni qo‘yib yubormaslikni hamda ularni Rossiyaga deportatsiya qilishni talab etgan.
Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa mamlakatlarini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga chaqirdi.
Kun kadri. «Qor farishtasi»ga aylangan ukrainalik askar
Xarkiv frontidagi ukrainalik harbiy xizmatchilar
Rossiyalik vertolyotchi jangovar parvoz oldidan
Izyumning okkupatsiyadan qariyb ikki yil o‘tgandan keyingi manzaralari
Bogorodichne qishlog‘idagi vayrongarchiliklar
Donetsk oblastidagi Bogorodichne qishlog‘i Ukrainadagi keng ko‘lamli urush davomida 14 bor qo‘ldan qo‘lga o‘tgan. 2022 yil sentabr oyi o‘rtalarida Ukraina QK qarshi hujum davomida bu joyni to‘liq ozod etgandi. Keng ko‘lamli bosqinga qadar Bogorodichneda 800 nafar atrofida odam yashagan — 2022 yil bahorida ularning qariyb barchasi qishloqdan evakuatsiya qilingandi. 2023 yil bahorida ularning ayrimlari qaytishgandi. Quyidagi suratda Bogorodichnening janglardan keyingi ko‘rinishi aks etgan.
Xarkiv oblasti Kupyansk shahri atrofidagi razvedka batalyoni
Mirnogradga zarba oqibatlari
Mirnograd — okkupatsiya ostidagi Donetskdan 50 kilometr masofadagi shahar. Rossiya qo‘shini uni muntazam ravishda o‘qqa tutadi. 26 yanvar kungi zarbalar oqibatida olti kishi jarohatlangan, ular orasida ikki bola bor. Quyida ushbu zarbadan keyin mirnogradliklar o‘z uylari derazalarini qanday himoyalab chiqayotgani aks etgan suratlar.
Ukraina QKning Donetsk oblastidagi ta’mirlash bazalari