
«Men Zelenskiy yaxşi bilaman. Men Putinni yaxşi bilaman. Bu işni osongina amalga oşiraman», — degandi Tramp saylov kampaniyasida berilgan savollarga javoban.
Ekspertlar fikriça, uning saylovdagi ğalabasi çindan ham tinçlik muzokaralariga ötiş jarayonini tezlaştiradi, biroq köpçilik baribir muzokaralar muvaffaqiyatli ötişiga şubha qilmoqda.
«Tramp komandasi bu muzokaralar neçoğlik murakkab va muammoli hamda kelişiş va qandaydir murosa variantini topiş qançalik qiyin bölişini anglamayapti», — deya «Penta» siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Volodimir Fesenkoning sözlarini keltirmoqda BBC.
Şu yil sentbr oyida ötgan teledebatlar çoğida Kamala Harris Tramp Ukrainadagi uruşni 24 soat içida yakunlaşga va’da berayotganiga sabab, şunçaki uni Rossiyaga topşirmoqçi, deb zaharxanda qilgandi.
Ukrainadagi köpçilik ham AQŞ yangi prezidenti çoğida Kiyevni özi uçun maqbul bölmagan şartlarda kelişuvni imzolaşga majburlaydi, deb çöçimoqda.
Ötgan davrda Ukrainaga harbiy yordam respublikaçilar tomonidan bloklanişi va saylangan vitse-prezident, Ukrainani tanqid qilib kelgani bilan maşhur Jyey Di Vensning ritorikasi bu xavotirlarni kuçaytirmoqda.
Intervyularidan biridan Jyey Di Vens yangi ma’muriyat Ukrainadagi uruşni tinç yöl bilan hal qiliş masalasini qanday körayotganini tuşuntirgan edi. Uning sözlariga köra, reja front çiziği böylab qurolsiz zona taşkil etiş va Kiyevning neytralitetini öz içiga oladi.
Bu Rossiya özi okkupatsiya qilgan hududlarda qolaverişi, Ukraina esa NATO a’zoligidan voz keçişini anglatadi. Kiyevdagilar buni taslim böliş sifatida qabul qilişdi va bundan kelişuv mamlakat rahbariyati tomonidan ma’qullanişi ehtimoli juda past.
«Tramp pullarni sanaydi»
Yaqin ötmişdagi bu bayonotlarga qaramasdan, Ukraina jamiyatida umidsizlik va tuşkunlik kayfiyati hukmron deb bölmaydi.

Siyosatşunos Volodimir Fesenkoning ta’kidlaşiça, Tramp faqat Rossiya şartlarida tinçlik örnatilişiga könmaydi.
«Bu nafaqat Ukrainaning, AQŞning ham mağlubiyati sifatida qabul qilinadi», — deydi u.
Prezident Trampning ambitsiyaviyligi (kimlardir buni narsissizm deb ham ataydi) hisobga olinsa, u yutqazgan inson sifatida körinişni istamaydi.
AQŞ yangi rahbariyat davrida harbiy yordam formatini özgartirsa kerak, deb hisoblamoqda Fesenko. Yordam kreditga, öziga xos lend-liz körinişida beriladi. «Tramp pulni sanaşni yaxşi köradi», — deydi ekspert.
Biroq, AQŞ Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib beriş va moliyaviy yordam körsatişni bas qilişini kutmasak ham böladi. Bu hattoki respublikaçilar içida ham tanqidlar yomğirini keltirib çiqaradi.
Harbiy yordam har ikki tomonni muzokaralarni boşlaşga köndiriş uçun nafaqat Ukrainaga, Rossiyaga ham bosim ötkaziş vositasi bölişi mumkin.
Agar Kiyev boş torsa, AQŞ Ukraina qurolli kuçlariga yordamni kamaytiradi. Agar Moskva könmasa, AQŞ aksinça, Ukrainaga harbiy yordamni kuçaytiradi.
AQŞning yangi ma’muriyati muzokaralarni boşlaş uçun Moskvaga yon berişi mumkin bölgan asosiy jihat — Ukrainaning NATO a’zosiga aylaniş istiqbollaridan voz keçişi böladi.
Bu holatda Ukraina ehtimol ikkitomonlama kelişuvlar asosida muqobil xavfsizlik kafolatlarini talab qilişi mumkin.
Bu masala böyiça muzokaralar juda murakkab böladi, biroq ekspertlar masala yuzasidan qandaydir kelişuvga kelişi prinsip jihatidan real ekanini aytişmoqda.
Nomaqbul murosa
Rossiya qöşinlari Donbassda oldinga siljişda davom etmoqda. DeepState tahlilçilari baholaşlariga köra, ötgan oyda ular 500 km kvadrat yerni egallaşgan — bu 2023 yildan buyon eng katta oldinga siljişdir.

Bunday vaziyat ukrainlarni sulh muzokaralari tarafdorlari lageriga ötişga majbur qilmoqda. Razumkov fondi sörovnomalariga köra, ötgan yil kuzida Rossiya bilan muzokaralar ötkaziş ğoyasini söralganlarning 21 foizi qöllagan bölsa, bu yil bundaylar soni 35 foizni taşkil etmoqda.
Şu sababli Trampning tinçlik muzokaralari töğrisidagi bayonotlari Ukrainada köpçilik tomonidan ijobiy qabul qilinadi. Biroq, Donald Tramp va uning atrofidagilar «tinçlik» deb atayotgan narsa öt oçişni töxtatiş va mojaroni muzlatişni, ya’ni Rossiya bosib olgan yerlarda qolişini anglatişi mumkin.
Biroq Kiyevning uruşni muzlatiş evaziga okkupatsiya qilingan hududlarni Rossiyaning bir qismi deb tan olişi Ukrainada tasavvur qilib bölmas narsa. Ukraina rahbariyati uçun bunday ğoyani qöllab-quvvatlaş siyosiy xudkuşlikni anglatadi, bunday qarordan keyin har qanday rahbar asrlar oşa millat tarixida xoin sifatida qoladi.
Aynan mana şuni Tramp va Vens töliq anglayotgani yöq — okkupatsiya qilingan hududlar böyiça yon beriş imkonsiz.
Vladimir Putin esa tinçlik muzokaralari ötkazilişi uçun şart Ukraina qöşinlarini Rossiya öziniki deb belgilab olgan Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson oblastlaridan olib çiqib ketiş ekanini aytgan. Bunda Ukraina hali Rossiya armiyasi qadami yetmagan joylarni ham tark etişi kerak.
Faqat Ukraina qöşinlari uşbu hududlardan çiqib ketgaç hamda Ukraina NATOga a’zo böliş niyatidan voz keçsagina Rossiya öt oçişni töxtatib, muzokaralar boşlaşga tayyor, degan edi Putin iyunda.
«Putinga öz şartlarida sulh kerak»
Albatta, okkupatsiya qilingan hududlarni tan olmasdan, 2014 yilda Qrim bilan bölgani kabi mojaroni muzlatiş mumkin.
Fesenkoning fikriça, köplab ukrainlar bunga qarşi çiqişsa ham, Kiyev bunday qadam taşlaşga majbur bölişini ham istisno qilmayapti.
Rossiya bilan kelişuv qanday bölişidan qat’i nazar, Ukrainada bu borada birlik kuzatilmaydi, deydi ekspert.
Lekin bitimni amerikaliklar taklif qilsa, bu bir qator muammolar örtadan kötarilişiga xizmat qiladi.
«Agar Zelenskiy bu taşabbusni ilgari surganda u asosiy qurbon va xoin bölardi, lekin bu asosiy hamkor AQŞ bosimi ostidagi tinçlik böladigan bölsa, asosiy xoin Tramp böladi», — deya tuşuntiradi Fesenko.

Biroq, ekspert fikriça muammo Ukraina jamiyatida qanday qabul qilinişida emas, gap Putinda: «Putinga mojaro muzlatilişi kerak emas. Putinga öz şartlarida tinçlik kerak».
Ukraina Oliy Radasi deputati Oleksandr Merejkoning fikriça, aynan şuning uçun diplomatik yöl bilan tinçlikka erişib bölmaydi.
Rossiya va Putinga işonç yöqligi tinçlik kelişuvi variantlarini izlaşni ma’nisiz qiladi, deydi u.
2022 yilgaça Merejko Donbassdagi mojarolarni diplomatik yöllar bilan tartibga soliş asosiy vazifasi bölgan Minsk guruhi deb atalauvçi uçtomonlama kontakt guruhi a’zosi bölgan.
«Biroq Rossiya muzokara jarayonidan Ukrainaga bostirib kiriş uçun bahonani qölga kiritiş uçun foydalandi», — deydi Merejko.
Şuning uçun Merejko Tramp örtaga taşlamoqçi bölgan tinçlik muzokaralari natijasi aynan şunday yakunlanişidan çöçimoqda.
«Agar biz öt oçişni töxtatişga rozi bölsak, bu şunçaki mağlubiyatimizni biroz ortga suradi. Agressiv bosqinning keyingi tölqini hozirgidan ham xavfliroq böladi», — deydi Merejko.
Yaxşi yangiliklar oldindami?
Ötgan yil oktyabrida «Rossiyaning Ukrainadagi uruşini qanday töxtatiş mumkin?» degan hisobot taqdim etgan Britaniyadagi nufuzli Chatham House tahlil markazi tadqiqotçilari ham şunday fikrda.
Hisobot mualliflaridan biri Jyeyms Şer agar kuç bilan quvib çiqarilmasa, Rossiya qöşinlari Ukrainani tark etmaydi, deb yozadi.
«Rossiya uçun muzlatilgan mojarolar heç qaçon tinçlikka erişiş yöli bölmagan, aksinça, raqiblarini kelgusida yanada kuçsizlantiriş platformasi bölib xizmat qilib kelgan», — deb yozadi Şer.
Hisobot mualliflari Ukrainani jangovar harakatlarni bas qilişga rozi böliş uçun majburlaşga qarşi çiqişgan. Ular Ukrainaning ğalabaga erişişi uçun Kiyevga yanada köproq yordam berişga çaqirişgan.
Biroq, gap-sözlariga e’tibor qilinsa, Donald Tramp aynan mana şu yondaşuvga qarşi. U tezroq «tinçlik» va özining muvaffaqiyati deb ataş mumkin bölgan kelişuvga erişiş va öt oçişni bas qiliş tarafdori.
Biroq, Trampning saylanişi baribir Ukraina uçun yaxşi yangilik bölib çiqişi ham mumkin, deydi Merejko:
«Tramp Putin bilan kelişiş mumkin degan illyuziyadan xalos bölib aççiq haqiqat bilan töqnaş kelganida, u buni öz şaxsiy hisobiga qabul qilişi mumkin. Şunda u Kiyevga yanada köproq yordam berişi va Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun qandaydir radikal qadamlarni qöyişi mumkin».











