Jahon | 16:22 / 23.02.2024
18180
5 daqiqa o‘qiladi
Rabotine atrofidagi pozitsiyalar va raketa tashuvchida uchgan Putin. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 729-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukrainadagi telegram-kanallarda mamlakat qurolli kuchlari Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi qismida joylashgan Podo-Kalinovka qishlog‘i yaqinida to‘plangan rus harbiylari ustiga zarbalar yo‘llagani aks etgan video tarqaldi. Ukraina qurolli kuchlari zarba berilganini tasdiqlagan. RF mudofaa vazirligi poligonga hujum haqidagi xabarlarni izohlamagan.
- «Vajniye istorii» Donetsk oblasti Volnovaxa shahri yaqinidagi poligonda saf tortib turgan vaqtda zarbaga uchrab halok bo‘lgan 68 nafar harbiyning shaxsini tasdiqladi. Keyinroq Baykalorti o‘lkasidagi Borzinskiy rayoni rahbari Roman Gridin to‘rt harbiy o‘limi haqida xabar berdi.
- Anneksiya qilingan Qrimda Ukrainaning «Ґrati» nashri jurnalisti Lutfiya Zudiyevaga «OAV erkinligini suiiste’mol qilish» moddasi bo‘yicha ikkita protokol tuzildi.
- Volodimir Zelenskiy Oliy radaga muddatli xizmatga chaqirilganlarni demobilizatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. Hujjatda muddatli xizmatga chaqirilganlarga qachon javob berilishi aytilmagan, ammo bu prezident farmoni bilan bo‘lishi aytilgan. Rada 23 fevral kuni qonunni tasdiqlaydi.
- Bundestag Ukrainaga «uzoq masofaga harakatlanuvchi qurollar»ni yetkazib berish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Nemis nashrlari «uzoq masofaga harakatlanuvchi qurollar» formulirovkasi Ukrainaga Taurus raketalarini yetkazib berishni nazarda tutishi haqida yozmoqda, Kiyev bunday raketalarni anchadan buyon so‘rab kelmoqda.
Kun kadri. Kramatorsk o‘qqa tutilishi qurbonlariga yodgorlik
Ukrainlarning ozod etilgan Rabotinedagi pozitsiyalari
Orixivda insonparvarlik yordami tarqatilishi
Putin tovushdan tez uchadigan Tu-160M samolyotida parvoz qildi
Mavzuga oid
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
14:56 / 12.11.2024
Makron va Starmer Tramp g‘alabasidan keyin ham Ukrainani qo‘llashda «sobit» bo‘lishga va’da berishdi
11:51 / 12.11.2024