O‘zbekiston | 19:00 / 12.03.2024
4382
5 daqiqa o‘qiladi

ASUS kompaniyasi texnologiyalarning evolyutsiyasi yo‘lida: Zenbook Duo noutbukini taqdim etdi

Foto: ASUS

ASUS kompaniyasi texnologiyalar sohasida o‘zining yangiliklari bilan yana bir bor dunyoni lol qoldirdi. 2024 yilda taqdim etilgan mahsulotlar orasida ekologik toza, yuqori samaradorlikka ega premium klassdagi qurilmalar mavjud bo‘lib, ular sun’iy intellekt texnologiyalari bilan jihozlangan.

7 mart kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan “ASUS texnologiyalar evolyutsiyasi: asoslardan innovatsiyalargacha” mintaqaviy taqdimotida kompaniya texnologiyalarning eng so‘nggi yechimlari bo‘yicha yetakchilikni barqaror davom ettirishini isbotladi.

ASUS’dan yangi zamonaviy yechimlar

Ushbu tadbirda ASUS o‘zining yangi, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlovchi zamonaviy noutbuklari, jumladan Intel® Core™ Ultra protsessori va o‘rnatilgan neyroprotsessor (NPU) bilan jihozlangan modellarini taqdim etdi. Masalan, 2024 yilning yirik innovatsiyasi sifatida Zenbook Duo (2024) dunyodagi ilk ikkita 14-dyuymli OLED-ekranga ega noutbuk hisoblanadi. ASUS Zenbook 14 OLED, ASUS Vivobook Pro 15 OLED va yangi ASUS Vivobook S seriyasi kabi noutbuklar eng so‘nggi Intel Core™ Ultra protsessorlari va sun’iy intellekt texnologiyalari bilan ta’minlandi.

ROG Zephyrus G14 va G16 2024 yil modellari esa kuchli hardvar konfiguratsiyasi, ajoyib OLED-displey va ajoyib ko‘chma qulaylik bilan hayratga soladi. ROG Strix SCAR 18 noutbuki esa professional kibersportchilar va jo‘shqin geymerlar uchun, eng yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga intilayotganlar uchun ishlab chiqilgan. Bu kuchli o‘yin qurilmalarining eng maksimal konfiguratsiyasiga eng yangi Intel® Core™ Ultra 9 protsessori va noutbuklar uchun mo‘ljallangan flagman NVIDIA® GeForce RTX 4090 videokarta mavjud.

Zenbook seriyasi ilk marotaba 2011 yilda taqdim etilgan bo‘lib, shakl va mazmun o‘rtasidagi ideal muvozanatni izlayotgan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Yangi versiyaga sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlovchi funksiyalar, ikkita displeyli noutbuklar (Zenbook Pro Duo) va takomillashtirilgan sovitish texnologiyalari kiritilgan.

Zenbook Duo (2024) haqida

Bu qurilmaning vazni atigi 1,35 kg ni tashkil etadi. Displey qopqog‘ini 180° ochganda, ikkita bir xil ASUS Lumina OLED displeylari 16:10 nisbati, 3K aniqligi va 120 Gs yangilanish chastotasi bilan birga 19,8 dyuymli katta ekranni shakllantiradi, bu esa korpusga o‘rnatilgan podstavka yordamida vertikal yoki gorizontal holatda o‘rnatish imkonini beradi, shuning uchun Zenbook Duo (2024) ko‘plab turli xil ssenariylarda samarali foydalanish mumkin. Ekranlarni boshqarishda ASUS ScreenXpert ilovasi bilan intuitiv interfeys yordam beradi. Bluetooth-klaviatura butunlay ajratib olinishi mumkin, bu esa barcha mavjud ekran maydonidan foydalanish imkonini beradi, yoki pastki displeyga o‘rnatilishi mumkin, bu esa Zenbook DUO'ni an’anaviy kompakt noutbukka aylantiradi.

-75 Vt•soat hajmli uzoq umr ko‘radigan batareya;

- tezkor zaryadlash texnologiyasi;

 - Dolby Atmos® texnologiyasi va Harman Kardon sertifikatiga ega audio tizimga ega.

Ekologik xavfsizlik tendensiyalari

ASUS kompaniyasi o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishda ekologik tozalikka alohida e’tibor qaratadi. Kompaniya ishlab chiqarish usullari, energiya samaradorligi yechimlari va qayta ishlanadigan qadoqlash materiallaridan foydalangan holda atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirishga intiladi. ASUS dunyodagi ilk uglerod neytral noutbuk, Bamboo seriyali noutbuklar va 2022 yilda ilk bor nol uglerod chiqindili biznes noutbukini ishlab chiqarish bilan bu yo‘nalishda yetakchilardan sanaladi.

ASUSning sun’iy intellekt texnologiyalari bilan jihozlangan noutbuklari va boshqa innovatsion qurilmalari yangi davrning boshlanishidir. Bu qurilmalar nafaqat ish samaradorligini oshiradi, balki energiya sarfini optimallashtirish va akkumulyatorning umrini uzaytirish orqali atrof-muhitga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

ASUS kompaniyasi texnologiyalarning evolyutsiyasi yo‘lida o‘z mahsulotlari bilan foydalanuvchilarga yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Bu innovatsiyalar nafaqat ish samaradorligini oshiradi, balki ekologik tozalik va barqaror rivojlanish prinsiplariga ham sodiqlikni namoyon etadi.

Reklama

Mavzuga oid