Ijodiy işlar bilan şuğullanuvçi zamonaviy mutaxassislar borgan sayin köproq masofadan turib yoki doimiy ravişda sayohat qilgan holda işlaşmoqda. Ularga iş uçun vosita tanlaşda mobillik va mahsuldorlik asosiy omillar hisoblanadi.

ASUS kompaniyasining ProArt turkumi har doim dizayn, grafika va video tahrirlaş sohasidagi professionallarga möljallangan qurilmalari bilan maşhur bölgan. Yangi ProArt P16 noutbuki uşbu an’anani davom ettirib, foydalanuvçilarga qayerda bölişidan qat’i nazar, dadil ijodiy ğoyalarni amalga oşiriş uçun zarur bölgan hamma narsani taqdim etadi.

Funksionallik estetikasi

ASUS ProArt P16 özining nafis va ixçam dizayni bilan darrov öziga rom etadi. U klassik mat qoplamali Nano Black – qora rangdagi iz qoldirmaydigan maxsus qoplamaga ega. Noutbuk nafaqat zamonaviy, balki juda ixçam va bardoşli körinişga ega: vazni 1,85 kg dan oşmaydi.

Ijodiy salohiyatni kengaytiriş uçun yangi ProArt P16 interfeyslarning töliq töplamini taqdim etadi. Foydalanuvçi HDMI 2.1 yordamida taşqi monitorni ulaşi, USB4 kömagida USB-C orqali noutbukni tezda zaryadlaşi yoki yaşin tezligida katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatişi mumkin böladi. Xotira kartalari bilan işlaş qulayligi uçun yuqori tezlikdagi SD Express 7.0 kartani öquvçi taqdim etilgan va internetga simsiz ulaniş uçun esa eng sönggi Wi-Fi 7 texnologiyasi mavjud.

ProArt P16’ning yana bir muhim xususiyati – bu töğridan töğri sensorli panelda körsatiladigan eksklyuziv DialPad virtual kontrolleri. Uning yordamida, masalan, Adobe Photoshop, After Effecs va Premiere Pröda iş jarayonini sezilarli darajada tezlaştiriş va asosiy dastur interfeysidan çalğimasdan turli parametrlarni tezda sozlaş mumkin. Uşbu innovatsion element noutbuk bilan işlaşni yanada intuitiv va qulay qiladi.

Maftun qiluvçi tasvir

ASUS ProArt P16 ning «yuzi» - bu ajoyib 16 dyuymli ASUS Lumina OLED sensorli displey bölib, 4K piksellar soniga ega va u nihoyatda aniq ranglarni yetkazadi hamda çuqur kontrastlarni ta’minlaydi. Kinematografik rang gammasi – 100% DCI-P3 tufayli noutbuk professional fotosuratlar va videolarni qayta işlaş, şuningdek, multimedia kontentini köriş uçun juda mos keladi.