O‘zbekiston | 07:40 / 17.05.2024
3376
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda aholi ko‘proq qaysi sohalarni o‘rganishga qiziqayotgani ma’lum qilindi
Yanvar-aprel oylarida 49,9 ming nafar aholi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rganish uchun bepul o‘qishga jalb etildi.
O‘zbekistonda aholi ko‘proq qaysi sohalarni o‘rganishga qiziqayotgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Yanvar-aprel oylarida 49,9 ming nafar aholi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rganish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi o‘quv markazlari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalariga hamda ustoz-shogird an’anasi asosida bepul o‘qishga jalb qilindi.
Ularning:
- 37,5 ming nafari – sanoat va xizmat ko‘rsatish;
- 5,8 ming nafari – qurilish;
- 2,6 ming nafari – hunarmandchilik;
- 2 ming nafari – IT;
- 2 ming nafari – agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida o‘qishga qiziqish bildirgan.
Mavzuga oid
16:19 / 09.10.2024
Britaniya aholisi migrantlar hisobiga so‘nggi 50 yil ichida eng yuqori darajada o‘sdi
07:27 / 22.08.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshayotgani ma’lum bo‘ldi
17:02 / 29.07.2024
O‘zbekistonda aholining o‘sishi sekinlasha boshladi
20:32 / 25.07.2024