“Hisob-kitoblarga köra, 2023 yil örtalarida Buyuk Britaniya aholisi soni 68,3 million kişini taşkil etgan, bu 2022 yil örtalariga nisbatan 1,0 foizga köp. Sof xalqaro migratsiya aholi sonining köpayişida asosiy omil böldi”, — deyiladi saytda.

Aniqroq aytganda, körsatilgan davrda Birlaşgan Qirollik aholisi 662,4 ming kişiga oşdi. Bu 1971 yilda röyxatga oliş boşlanganidan buyon yillik eng katta son va foizli ösiş hisoblanadi.

Buyuk Britaniya uçun asosiy muammolardan biri La-Manş böğozini havo töldirilgan qayiqlarda kesib ötuvçi noqonuniy muhojirlardir. Sönggi yillarda ularning soni muttasil oşib bormoqda.

Iyul oyining oxirida mamlakatda muhojirlarga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari boşlandi. Bunga Sautportdagi bolalar raqs studiyasiga uyuştirilgan hujum sabab böldi. Jinoyatçi musulmon ekani haqidagi xabarlar fonida politsiya 17 yoşli hujumçi Buyuk Britaniyada tuğilganini ta’kidlab, “uydirmalar heç kimga foyda keltirmasligini” aytdi.

Namoyişçilar, xususan, muhojirlar yaşaydigan mehmonxonalarga bir neça marta hujum qilgan.

Aprel oyida Britaniya parlamentining yuqori palatasi hukumat bosimi ostida Britaniya hududini noqonuniy kesib ötgan migrantlarni Afrikaning Ruanda davlatiga deportatsiya qiliş haqidagi bahsli qonun loyihasini qabul qilgandi.

Ruandaga noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilişni 2022 yilda Buyuk Britaniyaning öşa paytdagi boş vaziri Boris Jonson taklif qilgan edi. Bu bilan u La-Manş böğozi orqali noqonuniy migrantlarni taşiş böyiça biznes modelni yöq qilişni közlagan.