15:16 / 19.06.2024
4493

Surxondaryoda joriy yilda YTH tufayli qancha odam halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Viloyatda yil boshidan buyon 150 dan oshiq YTH sodir bo‘lgan va ularda ancha odam vafot etgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati yil boshidan buyon nechta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani va ularda qancha odam o‘lgani haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi.

Unga ko‘ra, 2024 yil 5 oyda viloyat hududida 154 ta YTH sodir bo‘lgan. Ularda 74 kishi halok bo‘lgan, 110 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.

YTHlarning 53 tasi bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan. Oqibatda 33 nafar bola turli darajada tan jarohatlari olgan, 14 bola halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top