Toshkentda uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 61,8 mln so‘mni tashkil etgan.
Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
«O‘zenergoinspeksiya» Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yashnobod tumanida faoliyat yuritayotgan «I.S.T.» MChJ elektr qurilmalarining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 9 qavatli uyning 4 ta lift va 40 dona yoritgichi orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 61,8 mln so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid
15:00 / 07.09.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
08:35 / 04.09.2024
Tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr va gaz uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi
16:01 / 31.08.2024
Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan qancha elektr ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
07:26 / 23.08.2024