O‘zbekiston | 17:21 / 29.07.2024
5405
2 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun kvotalar e’lon qilindi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 898 ta, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun 1 949 ta grant kvota ajratiladigan bo‘ldi.

Respublika miqyosida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 898 ta (o‘tgan yilgidan 95 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

  • kunduzgi — 2 560 ta;
  • sirtqi — 1 043 ta;
  • kechki — 183 ta;
  • masofaviy — 112 ta.

Bu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy abituriyentlar uchun imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lsa, nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan. Shuni eslatib o‘tish kerakki, imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida beriladi.

Shuningdek, quyidagilarga qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosida OTMlar va ta’lim shakllari kesimida jami 1 949 ta qo‘shimcha kvota ajratildi:

– “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar;

– SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari;

– yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan)

Grant ta’lim shakllariga quyidagicha taqsimlanadi:

• kunduzgi – 1 280 ta;

• sirtqi – 521 ta;

• kechki – 92 ta;

• masofaviy – 56 ta.

Mavzuga oid