Kun.uz'ga Toşkent davlat yuridik universitetida super kontrakt asosida öqimoqçi bölgan abituriyent murojaat qildi.

Uning sözlariga köra, bu yil öqişga topşirib, kontrakt asosida özi tanlagan 4-oliygohga qabul qilingan. Lekin u super kontrakt asosida öz röyxatidagi 1-OTM – Toşkent davlat yuridik universitetida öqimoqçi bölgan.

Abituriyent TDYuUning yurisprudensiya yönalişi, kunduzgi ta’lim şakli, rus guruhiga öqişga topşirgan. Bu yönalişda ötiş balli 159,6 ball bölgan. Abituriyent esa 155,6 ball töplagan. Bu yönalişga kiriş uçun unga roppa-rosa 4 ball yetmagan.

“1-tanlagan OTMga murojaat qilganimda ular men super kontrakt asosida kontraktning 3 baravar miqdorini tölab, öqiy olmasligimni, 19 baravar kontrakt tölaşim kerakligini yoki hozirgi kirgan OTMda öqişim kerakligini aytmoqda”, – deydi abituriyent.

Unga universitet tomonidan berilgan tölov kontrakt şartnomasining 2.2 bandida “uşbu kontrakt böyiça ta’lim oluvçini bir yillik öqitiş uçun tölov 317,205,000.00 sömni (stipendiyasiz) taşkil etişi” belgilangan.

Şartnomadagi 2.2. band

Ammo 2.3 bandida ta’lim muassasasida qöşimça qabul Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bölmagan va asosiy qabul çegaralariga 4 ballgaça yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oşirilişi nazarda tutilgan. Tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt miqdori amalda örnatilgan tölov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • töplagan ballari tasdiqlangan tölov-kontrakt böyiça qabul kvotalari çegarasiga bir ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun — 1,5 barobar;
  • 1,1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar uçun — 2,0 barobar;
  • 2,1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar uçun — 2,5 barobar;
  • 3,1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar uçun — 3,0 barobar.

Yuridik universitet e’lon qilgan 2024-2025 öquv yili uçun tölov kontrakt miqdorlari haqidagi xabarda keltirilişiça, kunduzgi ta’lim şakli uçun kontrakt summasi 16 695 000