O‘zbekiston | 19:00 / 19.08.2024
2048
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Gazlidagi kompressor stansiyasini kuz-qishga tayyorlash doirasida gaz turbinali dvigatellar o‘rnatildi

"O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida 3 ta kompressor sexi, 1 ta gaz quritish qurilmasi bor. Korxona jamoasi shuningdek, 424 kilometrga yaqin magistral gaz quvurlariga va 2 ta gaz taqsimlash stansiyasiga ham xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda gaz transport tizimini 2024-2025-yillar isitish mavsumida barqaror ishlatishga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. 

Shu kunlarda 5-gaz siquv kompressor stansiyasi “B” sexiga “DU 80 L 1” rusumli 2 ta gaz turbinali dvigatel o‘rnatilayotgani ham shu reja doirasidagi tadbirlardan biri. 

Stansiyaning “B” sexi tabiiy gazni yer ostida saqlash inshootidan olishga xizmat qiladi. Tsexda ishlab turgan dvigatellardan uzoq muddat foydalanilganligi natijasida texnik jihatidan kamchiliklar aniqlangan edi. Qurilmalardagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida mukammal ta’mirlash uchun zavodga yuborilgan. Ularning o‘rniga olib kelingan dvigatellar belgilangan muddatda agregatlarga o‘rnatilmoqda. Bu tadbir natijasida kuz-qish mavsumida Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi DKS-5 “B” sexi orqali tabiiy gaz uzatuvchi tarmoq ishida ishonchlilik darajasi oshadi.

 

5-gaz siquv kompressor stansiyasi Gazli gazni yer ostida saqlash inshootidan kunlik gaz olish hajmini oshirish maqsadida quvvati 125 MVt bo‘lgan 5 ta gaz haydash aregatidan iborat kompleks sifatida 2008 yilda qurilgan edi. Zamonaviy bu inshoot, tabiiy gazning bosimini oshirish imkonini berdi. Bugungi kunda mazkur stansiya respublikamiz shimoliy, sharqiy hamda g‘arbiy hududlariga tabiiy gaz uzatuvchi muhim bo‘g‘in hisoblanadi. 

Joriy yil oxirigacha Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasiga yana 2 ta dvigatel xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid