Iqtisodiyot | 15:09 / 19.08.2024
1984
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziyaning yirik port kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazi qurishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Wespors Holding Berhad kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Ruben Emir Gnanalingam bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Uchrashuv avvalida kompaniyaning marketing departamenti direktori Shashidaran Krishnan Wesport Holding Berhad faoliyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi. Uning aytishicha, kompaniya dengiz orqali birinchi yukni 1994 yilda qabul qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib mamlakatning eng yirik dengiz portlaridan biriga aylandi. Portda yuklarni boshqarish jarayoniga to‘liq raqamlashtirilgan texnologiyalar joriy qilingan va avtomatik tarzda boshqariladigan yuk mashinalaridan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda.

Uchrashuv davomida Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro savdo hajmini oshirish uchun katta imkoniyat mavjudligi hamda kompaniyaning ulkan salohiyatini inobatga olgan holda, Malayziya tomoniga O‘zbekiston hududlaridan birida zamonaviy logistika markazini (quruqlikdagi port) qurish loyihasini o‘rganish taklifi bildirildi.

Ushbu loyiha kelajakda kompaniyani Markaziy Osiyo, shu jumladan O‘zbekiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yuklar aylanmasini boshqarishda muhim rol o‘ynaydigan tashkilotlardan biriga aylantirishi mumkinligi urg‘ulandi.

Mavzuga oid